add

Suriya endi milliy valyutasini Rossiyada chop etmoqchi emas

16.05.2025 | 21:1020662

Suriya Rossiyada milliy valyutasini bosib chiqarishdan voz kechishni rejalashtirmoqda. Arab respublikasi hukumatining bu qarori haqida Reuters xabar bermoqda.

Suriya endi milliy valyutasini Rossiyada chop etmoqchi emas
Suriya banknotlar dizaynini o‘zgartirmoqchi va ulardan mamlakatning sobiq rahbari Bashar Asadning suratini olib tashlamoqchi. Shundan so‘ng pullar Germaniya yoki Birlashgan Arab Amirliklarida bosib chiqariladi. Germaniyaning davlat korxonasi Bundesdruckerei va xususiy kompaniya Giesecke+Devrient hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. Rossiyada Suriya pullari 2012 yildan beri chop etib kelinayotgan edi. Bu jarayon bilan Avstriya markaziy bankining shu’ba korxonasi shug‘ullangan. Yevropa Ittifoqi Asad rejimi va muxolifat o‘rtasidagi qarama-qarshilik tufayli Suriyaga sanksiyalar kiritgach, hamkorlik to‘xtatilgan.  

Teglar

Mavzuga oid

Suriya endi milliy valyutasini Rossiyada chop etmoqchi emas | Vaqt.uz