add

Suriya prezidentiga uch marta suiqasd uyushtirildi

22.07.2025 | 21:3045263

Suriya rahbari Ahmad ash-Shar’a oxirgi yetti oy ichida kamida uch marta suiqasdga uchradi.

Suriya prezidentiga uch marta suiqasd uyushtirildi
Turkiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a hayotiga birinchi suiqasd Damashqda joylashgan Qasr ash-Shaab saroyi yaqinida sodir etilgan. Turkiya xavfsizlik xizmati xodimlari shubhali harakatlarni o‘z vaqtida aniqlab, hujumni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Ikkinchi suiqasd urinishi Iordaniya bilan chegaradosh Daraa viloyatida amalga oshirilgan. Prezident ash-Shar’a korteji mazkur hududdan o‘tayotgan paytda Suriya va Turkiya xavfsizlik kuchlari yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan ikki gumondorni qo‘lga olgan. Uchinchi va eng xavfli so‘iqast Damashqda qurolli pistirma ko‘rinishida tayyorlangan. Ammo Turkiya va mahalliy razvedka xizmatlarining o‘z vaqtidagi aralashuvi tufayli hujum rejasi oxirgi daqiqalarda fosh etilgan. Shu voqeadan so‘ng prezident ash-Shar’a Damashqni zudlik bilan tark etgani keng jamoatchilik e’tiborini tortgan. Ayrim arab va Isroil OAV xabariga ko‘ra, ash-Shar’a bu hodisalar haqida ommaga ma’lumot bermaslik bo‘yicha shaxsan ko‘rsatma bergan.

Teglar

Mavzuga oid

Suriya prezidentiga uch marta suiqasd uyushtirildi | Vaqt.uz