add

Suriyada Asadning «jallodi» qo‘lga olindi

Kecha 22:031 daqiqa

Suriyaning yangi xavfsizlik kuchlari sobiq rejim qoldiqlarini tozalashda davom etmoqda.

Suriyada Asadning «jallodi» qo‘lga olindi

Damashq viloyati terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va xavfsizlik kuchlarining Hasaka viloyati yaqinida o‘tkazgan qo‘shma operatsiyasi natijasida 2010–2014 yillarda Harbiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan general-mayor Rateb Ali G‘anemiy hibsga olindi. Bu haqda Suriya Ichki ishlar vazirligiga tayanib, SANA davlat axborot agentligi xabar berdi.

Asad davridagi faoliyati

Vazirlikning ma’lum qilishicha, G‘anemiy yuqori lavozimga tayinlanishidan avval sobiq prezident Bashar Asadning bevosita topshirig‘i bilan Hasaka shahridagi harbiy xavfsizlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Ayblovlar va tergov ma’lumotlari

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shu davrda u xalq namoyishlarini bostirishda, qiynoqlar qo‘llashda va tinch aholiga nisbatan boshqa jinoiy usullarni ishlatishda faol ishtirok etgan. Bu harakatlar fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib kelgan.

Asad rejimi ag‘darilganidan keyin, general kurdlarning YPG/SDF qurolli tuzilmalariga qo‘shilib olgan deb taxmin qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid