add

Suriyaning Tartus bandargohini BAA 800 mln dollarga zamonaviylashtiradi

16.05.2025 | 21:3148882

Suriya va Birlashgan Arab Amirliklari Tartus bandargohini zamonaviylashtirish bo‘yicha 800 mln dollarlik investitsiya bitimini imzoladi.

Suriyaning Tartus bandargohini BAA 800 mln dollarga zamonaviylashtiradi
SANA davlat axborot agentligi xabar berishicha, Suriyaning Bandargohlar va chegara punktlari bosh boshqarmasi BAAdagi kompaniya bilan kelishuvga erishdi. E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sarmoya Tartus portida ko‘p yo‘nalishli terminal qurish, boshqarish va foydalanishni nazarda tutadi. Loyiha Suriyaning logistika imkoniyatlarini kengaytirish hamda dengiz transporti infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan. Tartus bandargohida uzoq yillar SSSR va Rossiyaning bazasi bo‘lgan. Suriyaning hozirgi hukumati baza bo‘yicha eski shartnomani bekor qilgan.

Teglar

Mavzuga oid