add

Surxondaryoda 81 marta qoida buzgan haydovchi 30 mln so‘m jarima to‘ladi

05.08.2025 | 12:4543902

Surxondaryo viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini 81 marta buzgani uchun qariyb 30 million so‘m jarima to‘ladi.

Surxondaryoda 81 marta qoida buzgan haydovchi 30 mln so‘m jarima to‘ladi
O‘zA xabariga ko‘ra, fuqaroga nisbatan Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga ijro hujjati kelib tushgan. Qoidabuzarliklar orasida tezlikni oshirish, yo‘lchiroqning qizil chirog‘ida harakatlanish va boshqa qonunbuzarliklar mavjud bo‘lgan. Haydovchi jarimalarni uzoq vaqt to‘lamay yurgani uchun uning avtomobili xatlovga olindi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Reyd davomida MIB va YHXB xodimlari haydovchini qarzdorlik belgilangan muddatda qoplamasa, avtomashinasi auksionga chiqarilishini ogohlantirdi. Shundan so‘ng haydovchi qariyb 30 million so‘m jarimani to‘lab, qarzdorlikni bartaraf etdi. MIB qoidabuzar haydovchilarni o‘z vaqtida jarimalarni to‘lashga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid

Surxondaryoda 81 marta qoida buzgan haydovchi 30 mln so‘m jarima to‘ladi | Vaqt.uz