add

Surxondaryoda 913 mlrd so‘mlik «Sangardak» turizm markazi qurilishi boshlandi

10.06.2025 | 08:1518133

Sariosiyo tumanida joylashgan «Sangardak» turizm markazi umumiy qiymati 913,3 mlrd so‘m bo‘lgan yirik loyiha bo‘lib, 615 gektar maydonni qamrab oladi. Ushbu mega-loyiha tezlashtirilgan sur’atda amalga oshirilmoqda.

Surxondaryoda 913 mlrd so‘mlik «Sangardak» turizm markazi qurilishi boshlandi
Surxondaryo viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha 1,6 km uzunlikdagi kanat yo‘li uchun ustunlar betonlashtirilib, boshlang‘ich nuqtasi tayyorlandi. Loyiha doirasida «zip-line», piknik hududlari, sanatoriy, madaniy va ko‘ngilochar klaster qurilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, majmuada 20 dan ortiq restoran, kafe va bar, 296 savdo shoxobchasi, 6 ta mehmonxona (2 tasi 5 yulduzli) va 10 ta mehmon uyi barpo etiladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish maydoniga tashrif buyurib, «Sangardak» loyihasi hamda Nelu mahallasida turizm qishlog‘ini tashkil etish rejalari bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida loyihalar xalqaro standartlarga mos ravishda, sifat va samaradorlikka e’tibor qaratilgan holda olib borilayotgani ta’kidlandi. Surxondaryo viloyatiда turizm салоҳиятини ошириш мақсадида Qurilish «Turon» banki, sayyohlik sohasi va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida moliyalashtirilmoqda. «Sangardak» — viloyatdagi «Obihayot» va «Omonxona» loyihalari bilan bir qatordagi uchta yirik turizm hududidan biri. 2024 yil dekabrida O‘zbekiston prezidenti tomonidan tog‘li hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga oid qaror imzolangan. Unga ko‘ra, ushbu uch zona umumiy 945 gektar maydonni egallaydi. Mazkur hududlar faoliyatini muvofiqlashtiradigan maxsus direksiya tuzilib, yerlar onlayn-auksionlar orqali 10 yilgacha bo‘lgan muddatga bo‘lib-bo‘lib sotiladi. Hududlarda mehmonxona, dam olish maskanlari va servis ob’ektlari qurilishi 2027 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid