add

Surxondaryoda qovundan zaharlanish holatlari tasdiqlanmadi

21.05.2025 | 13:4012552

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga qaramay, Surxondaryo viloyatida qovun iste’molidan zaharlanish holatlari aniqlanmadi. Mutasaddilar bu xabarlarni rad etib, fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqirmoqda.

Surxondaryoda qovundan zaharlanish holatlari tasdiqlanmadi
Surxondaryo viloyatida yetishtirilayotgan qovunlar tarkibida me’yoridan ortiqcha nitrat mavjudligi va bu sabab odamlar zaharlanayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vohadagi barcha dehqon va oziq-ovqat bozorlarida sotilayotgan poliz mahsulotlari, jumladan qovunlar maxsus veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Nitrat miqdori sanitariya me’yorlariga mos kelgan taqdirdagina ularga savdoga chiqishga ruxsat beriladi. Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha hech qaysi tibbiyot muassasasiga qovun iste’moli bilan bog‘liq zaharlanish holati bilan murojaat qilinmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardagi qovun navlari esa Surxondaryoda yetishtiriladigan mahsulotlarga aloqasi yo‘q. Mutasaddilar aholidan ijtimoiy tarmoqlardagi norasmiy, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni, barcha ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali olishni so‘ramoqda. Tarqalgan videolar haqiqatga zid bo‘lib, ularda keltirilgan ma’lumotlar yolg‘on ekani ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid