add

Tadbirkor va aholi uchun qonunlar proaktiv tarzda yetkaziladi

11.09.2025 | 12:4021813

Endilikda qonunchilikdagi muhim yangiliklar fuqarolar va tadbirkorlarga o‘z-o‘zidan avtomatik yetkazib boriladi.

Tadbirkor va aholi uchun qonunlar proaktiv tarzda yetkaziladi
2025 yil 8 sentyabrda qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda huquqiy axborotni tarqatishda sun’iy intellekt asosida «proaktiv qonunchilik» tizimi joriy etiladi. Bu orqali aholi va biznes o‘z hayoti yoki faoliyatiga daxldor qonunlarni tez va qulay tarzda bilib oladi. Yangi tizim Lex.uz portaliga asoslanadi va my.gov.uz hamda soliq.uz bilan bog‘lanadi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirgan shaxs darhol yo‘l harakati qoidalari va ulardagi o‘zgarishlar haqida havolani shaxsiy kabinetida qabul qiladi. Turizm bilan shug‘ullanadigan tadbirkor esa IFUT kodi orqali aniqlanib, faoliyatiga tegishli normativ hujjatlarning yangiliklarini avtomatik oladi. Farmonga muvofiq, 2026 yil 1 martdan normativ-huquqiy hujjatlar ijrochilarga «Ijro.gov.uz» tizimi orqali yetkaziladi va ularning tushuntirilishi nazorat qilinadi. Bu jarayon «Raqamli mahalla» platformasi bilan uyg‘un tarzda amalga oshiriladi. Eng muhim yangiliklardan biri – huquqiy targ‘ibotni tegishli davlat organlari amalga oshirishi va Adliya vazirligi tomonidan kartoteka orqali muntazam nazorat qilinishi hisoblanadi. Internet orqali keng qamrovli targ‘ibot uchun esa «Adliya TV» sahifasi ishga tushiriladi. Bu islohotlar orqali qonunchilik barchaga oson, tez va tushunarli tarzda yetkaziladi, fuqarolar va tadbirkorlar esa o‘z faoliyati uchun muhim qoidalardan vaqtida xabardor bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Tadbirkor va aholi uchun qonunlar proaktiv tarzda yetkaziladi | Vaqt.uz