add

Tadbirkorlar bilan savdo va ovqatlanish sohasidagi muammolar muhokama qilinmoqda

14.07.2025 | 11:4037242

Savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida muhim uchrashuv boshlandi. Ushbu muloqot Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilmoqda.

Tadbirkorlar bilan savdo va ovqatlanish sohasidagi muammolar muhokama qilinmoqda
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha taklif va yechimlar ishlab chiqish. Bu sohalar yuz minglab ish o‘rinlari, aholi daromadlari va iqtisodiy barqarorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirgi kunda Respublika bo‘yicha 146,8 ming tadbirkor savdo sohasida va 19,5 ming tadbirkor umumiy ovqatlanish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda. 2024 yilda savdo sohasida 597,7 trln so‘mlik tovar aylanmasi amalga oshirilgan va 22,5 trln so‘m soliq to‘langan. Shuningdek, 6,4 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan. Umumiy ovqatlanish sohasida esa 13,6 trln so‘mlik tovar aylanmasi qayd etilgan, 1,2 trln so‘m soliq to‘lanib, 218 mlrd so‘mlik imtiyozlar qo‘llangan. Bu ko‘rsatkichlar ushbu sohalarning iqtisodiyotdagi ulushi va ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Muloqotda Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Davlat soliq qo‘mitasi, “Savdo va servis” hamda Kichik biznes uyushmalari va tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid