add

Tadbirkorlarga eng ko‘p to‘sqinlik qiluvchi organlar nomi ma’lum qilindi

Bugun 13:352 daqiqa

Biznes-ombudsman 2025 yilda tadbirkorlik subyektlarida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar faoliyatining reyting baholash natijalarini e’lon qilindi.

Tadbirkorlarga eng ko‘p to‘sqinlik qiluvchi organlar nomi ma’lum qilindi

Biznes-ombudsman tadbirkorlik subyektlarida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar faoliyatining 2025 yilgi reyting baholash natijalarini e’lon qildi. Ushbu reyting O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-184-son Farmoni talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan mezonlarga tayanadi.

Umumiy natijalar

O‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, jami 44 ta nazorat qiluvchi organ faoliyati tahlil qilingan. Natijada 7 ta organ «Yaxshi», 10 ta organ «Qoniqarli», 27 ta organ esa «Qoniqarsiz» toifasiga kiritilgan. Ko‘rsatkichlar tadbirkorlar bilan ishlashda aksariyat idoralarda jiddiy muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Eng yuqori baholangan organlar

«Yaxshi» toifasiga kirgan organlar qatoriga Hisob palatasi, O‘zarxiv agentligi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Kinematografiya agentligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, O‘zbekkonsert davlat muassasasi hamda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi kirdi. Ushbu organlar 80 balldan yuqori natija qayd etgan.

Tadbirkorlarga eng ko‘p to‘sqinlik qilayotgan idoralar

Reyting natijalariga ko‘ra, «Qoniqarsiz» deb baholangan organlar soni eng ko‘pni tashkil etgan. Ular orasida Soliq qo‘mitasi, Madaniy meros agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi, Kadastr agentligi, shuningdek ayrim kommunal, ta’lim va sanoat nazorati sohasidagi idoralar bor. Ushbu organlar 55 balldan past natija ko‘rsatgan.

photo_2026-01-28_11-40-54

Ma’lumot uchun: Mazkur reyting davlat nazorati organlari faoliyatida shaffoflikni oshirish, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hamda tizimli kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan. Baholash natijalari «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi orqali ochiq e’lon qilib boriladi. Nazorat qiluvchi organlar faoliyati tekshiruvlarning qonuniyligi va belgilangan tartibda o‘tkazilgani, tadbirkorlik subyektlarining shikoyatlari hamda tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega mansabdor shaxslarning attestatsiya natijalari asosida baholanadi.

Teglar

Mavzuga oid