add

Tailand va Kambodja to‘rt kunlik qurolli to‘qnashuvdan so‘ng muzokaralarga rozi bo‘ldi

28.07.2025 | 16:0031293

Chegarada to‘rt kun davom etgan qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng, Tailand va Kambodja mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish maqsadida 2025 yil 29 iyul, dushanba kuni Malayziyada muzokaralar boshlashga kelishib oldi.

Tailand va Kambodja to‘rt kunlik qurolli to‘qnashuvdan so‘ng muzokaralarga rozi bo‘ldi
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda kamida 33 kishi, jumladan harbiylar va tinch fuqarolar halok bo‘lgan, 200 mingdan ziyod aholi o‘z uylarini tark etgan. Mojaroni bartaraf etishga AQSH prezidenti Donald Tramp ham faol aralashdi. U shanba kuni har ikki davlat rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Yakshanba kuni esa Tailand bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Pumtam Vechaychay muzokaralarda qatnashishini e’lon qildi. Kambodja tomonidan bosh vazir Xum Manet qatnashishi ma’lum qilingan. Trampning Truth Social tarmog‘ida yozishicha, har ikki davlat tez orada tinchlik rejimini ishlab chiqish niyatida. Kambodja o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilganini va Tramp vositachiligi tufayli qurbonlar soni kamayishi mumkinligini bildirdi. Tailand esa tinchlik uchun Kambodja bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot zarurligini ta’kidladi. Mojaro tarixi chuqur ildizlarga ega. XIX asrda Kambodja Fransiya Hindixitoyi tarkibida bo‘lgan davrda belgilangan chegaralar bugungacha bahsli hudud sifatida saqlanib qolgan. 1962 yilda BMT Xalqaro sudi Preaxvixea ibodatxonasi Kambodjaga tegishli deb topgan bo‘lsa-da, o‘zaro nizolar to‘xtamagan. Bu so‘nggi to‘qnashuv 2023 yildagi bo‘hrondan keyingi eng yirik harbiy keskinlik hisoblanadi. AQSH 1 avgustdan boshlab har ikki davlat tovarlariga 36 foizlik boj joriy etishi mumkinligini ma’lum qilgan va bu muzokaralarning shoshilinch tarzda o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid