add

Talabalarni ijaraga qo‘yganlarning soliqlari cho‘ntagida qoldi

Bugun 15:141 daqiqa

Yanvar-noyabr oylarida ularga daromad solig‘idan 57,5 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Talabalarni ijaraga qo‘yganlarning soliqlari cho‘ntagida qoldi

Soliq organlarida 666 mingdan ortiq ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi. Ushbu shartnomalar bo‘yicha 1 trln so‘mdan ziyod soliqlar hisoblangan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 466,2 mingta ijara shartnomasi asosida 788,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 10,1 foiz va hisoblangan daromad solig‘i summasi 56 foizga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 200,1 mingta ijara shartnomasi asosida 253,4 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2024 yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 22 foiz va hisoblangan soliq summasi 29,6 foizga oshgan.

Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-noyabr oylarida ularga daromad solig‘idan 57,5 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi. Talabalar bilan 123,6 mingdan ortiq turar-joy ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 143 703 nafarni tashkil etdi.

Teglar

Mavzuga oid