add

Taniqli qo‘shiqchi Farrux Xamrayev shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi

19.06.2025 | 17:2018302

Farg‘onalik shoir Ismoiljon Babayevning «Ona yuring hajga boramiz» nomli she’ridan ruxsatsiz foydalangan xonanda Farrux Xamrayev ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot berdi.

Taniqli qo‘shiqchi Farrux Xamrayev shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi
Ma’lum qilinishicha, Farrux Xamrayev ushbu she’rdan muallif ruxsatisiz va shartnoma tuzmasdan foydalangan. Bu holat huquqbuzarlik sifatida baholanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi asosida protokol rasmiylashtirilgan va ish tegishli sudga yuborilgan. Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi qaroriga ko‘ra, xonandaga nisbatan kodeksning mazkur moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilgan. Jarima miqdori oshkor etilmagan, ammo muallif o‘z huquqlarining buzilishi natijasida BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon talab qilish huquqiga ega. Adliya vazirligi ijodkorlarni mualliflik huquqlarini himoya qilishga chaqirdi va bunday holatlar yuz berganda «1008» ishonch telefoni yoki info@adliya.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilishni tavsiya qildi.

Teglar

Mavzuga oid