add

«Tashabbusli byudjet»da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

12.09.2025 | 11:0036502

Joriy yilgi «Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumida dastlab g‘olib bo‘lmagan 35 ta loyihaga mahalliy byudjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

«Tashabbusli byudjet»da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
«Tashabbusli byudjet»ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun qaror qabul qilinib, mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan jami 47 mlrd 657 mln so‘m ajratildi. Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi tartibga asosan mahalliy kengashlarga g‘olib deb topilmagan loyihalarni qo‘shimcha mablag‘ hisobiga moliyalashtirish vakolati berilgan. Loyihalar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tashabbusli byudjet» doirasida deputatlar tanlovi bilan bir qatorda aholi tomonidan 50/50 moliyalash tizimi amalga kiritilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid