add

«Tashabbusli byudjet»da yangi tartib: aholi va davlat o‘rtasida sheriklik

30.08.2025 | 19:3632844

Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yildan «Tashabbusli byudjet» doirasida deputatlar tanlovi bilan bir qatorda aholi tomonidan 50/50 moliyalash tizimi ham amalga kiritiladi.

«Tashabbusli byudjet»da yangi tartib: aholi va davlat o‘rtasida sheriklik
O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, 2026 yildan «Tashabbusli byudjet» tizimida yangi qoidalar amalga kiritiladi. Yangi tartibga ko‘ra, mahalliy kengash deputatlari o‘z saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan ikkita loyihani shaxsan tanlash va ularni g‘olib deb e’lon qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bu tartib doirasida tanlangan loyihalar uchun maksimal moliyalashtirish miqdori 8 ming barobar BHM yoki taxminan 3,3 mlrd so‘m etib belgilandi. Bu amaliyot deputatlar orqali aholi ehtiyojlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish imkonini kengaytirishi kutilmoqda. Shuningdek, 2026 yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi ham joriy etiladi. Agar mahalla yoki fuqarolar loyiha qiymatining 50 foizini ixtiyoriy ravishda qoplasa, loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foiz mablag‘ davlat byudjeti hisobidan ajratiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi keyingi yangilik aholi orasida mazkur o‘zgarish «endi ovoz berish amaliyoti bekor qilinadi», degan noto‘g‘ri tushunchalarga sabab bo‘layotganini ta’kidlagan. Byudjet jarayoniga mas’ul idoralar bu holatni rad etib, an’anaviy ovoz berish tartibi o‘z kuchida qolishini va eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar, avvalgidek, g‘olib deb topilishini tasdiqladi. Yangi tartiblar asosiy jarayonga qo‘shimcha sifatida joriy etiladi. Bunda faol mahallalar o‘z tashabbuslarini qisman moliyalashtirish orqali imkoniyatlarini oshirishlari mumkin. Har bir mahalla o‘z imkoniyatiga qarab an’anaviy yoki sheriklik modeli orqali ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi «Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumi uchun ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Ovoz berish 31 avgust 23:59 da yakunlanadi.

Teglar

Mavzuga oid