add

«Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumi 15 iyuldan start oladi

04.07.2025 | 10:4013752

2025 yil 15 iyuldan O‘zbekistonda «Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumi rasman start oladi. Bu jarayon 31 avgustga qadar davom etadi. Mazkur dastur fuqarolarga o‘z tashabbus va g‘oyalarini amalga oshirish, mahalliy muammolar yechimini topish imkonini yaratadi.

«Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumi 15 iyuldan start oladi
15 iyuldan 3 avgustgacha loyihalarni kiritish bosqichi bo‘lib, unda barcha fuqarolar o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin. 4 avgustdan 18 avgustgacha kiritilgan loyihalar saralab chiqiladi. 19 avgustdan 21 avgustgacha bo‘lgan davrda targ‘ibot ishlari olib boriladi. Shu vaqt mobaynida fuqarolar taklif etilgan loyihalar bilan tanishib, ularning afzalliklari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ovoz berish jarayoni 22 avgustdan 31 avgustgacha o‘tkaziladi. Bu bosqichda barcha ishtirokchilar o‘z hududidagi loyihalarga ovoz berish orqali mahallaning rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. «Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumi g‘oliblari 1 sentyabrda — O‘zbekiston mustaqilligi kuni e’lon qilinadi. Ushbu tashabbus fuqarolarning faolligini oshirish va mahalliy muammolarni hal qilishda muhim platforma hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid