add

Tashqi ishlar vazirligi Eron va Isroildagi O‘zbekiston fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berdi

Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashgan bir paytda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu mintaqada bo‘lib turgan fuqarolarni xavfsizlikka qat’iy rioya qilishga chaqirdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi Eron va Isroildagi O‘zbekiston fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda, xususan Eron va Isroil hududlarida bo‘lib turgan fuqarolarga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida maxsus murojaat bilan chiqdi. Bu mintaqadagi vaziyat tobora keskinlashib borayotgani sabab, bir qator tavsiyalar bildirildi. Vazirlik fuqarolardan harbiy va boshqa davlat ob’ektlariga yaqinlashmaslikni, ularni suratga olmaslikni hamda odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan uzoqda bo‘lishni so‘ramoqda. Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga to‘liq amal qilish, zarurat tug‘ilganda maxsus boshpanalar yoki xavfsiz hududlarga yo‘l olish qat’iy tavsiya etildi. Vazirlik fuqarolarga kerakli hollarda mamlakatning Eron va Isroildagi elchixonalari bilan aloqaga chiqishni tavsiya qilmoqda. Erondagi elchixona +98 (21) 22299780 va 22832025 raqamlari orqali, elektron pochta manzili — iri.uzembassy@mfa.uz orqali aloqa qilish mumkin. Isroildagi elchixona esa +972 (3) 672-2466 va boshqa ko‘rsatilgan raqamlar orqali ishlaydi. Shoshilіnch holatlar uchun alohida mobil raqam ham belgilangan: +972 (54) 485-1397. Elektron pochta manzili — il.uzembassy@mfa.uz. Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni muntazam kuzatib bormoqda va zaruratga qarab qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi Eron va Isroildagi O‘zbekiston fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berdi | Vaqt.uz