add

Tayland-Kambodja urushi Pattayya va Bangkokka yaqinlashmoqda

26.07.2025 | 23:0047293

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi jangovar harakatlar sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan hududlarga yaqinlashdi. Janubiy provinsiyalar Trat va Chanthaburida urush harakatlari kechmoqda. Ular Pattayyadan 150 km, Bangkokdan 200 km masofada joylashgan.

Tayland-Kambodja urushi Pattayya va Bangkokka yaqinlashmoqda
Bloomberg agentligining xabar berishicha, 26 iyul kuni Kambodja harbiylari Tailand bilan chegarani uch nuqtada buzib o‘tishga urinishgan. Tailand bu hujumni qaytargan, javob zarbalarida harbiy-dengiz kuchlari ham ishtirok etgan. Kambodja esa Tailandni o‘z hududiga kirib borishda va fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan maktab va uylarga zarba berishda ayblamoqda. Tailand hukumat vakili bu ayblovlarni rad etdi. Chegaradagi muammolar may oyidan beri avj olgan. 28 maydagi otishmada bir kambodjalik askar halok bo‘ldi. 23 iyul kuni besh tailandlik askar minaga tushib, to‘qnashuv yana keskinlashdi. 24 iyul kuni Tailand hukumati «Yuttxa Bodin» nomli maxsus harbiy operatsiyani e’lon qildi. Ushbu operatsiya aviatsiya va bronetexnika qo‘llanilgan holda olib borilmoqda. 25 iyul kuni Tailandning sakkizta chegarabo‘yi hududida harbiy holat joriy etildi. Kambodja esa Tailandni hududiy buzg‘unchilikda va mojaroni keskinlashtirishda ayblamoqda. Janjal tarixi 1907 yildagi Siam va Fransiya mustamlakasi chegarasini belgilashga borib taqaladi. 1953 yilda Kambodja mustaqillikka erishgach, chegaralar bo‘yicha bahs yana avj oldi. Hozircha Pattayya va Bangkokda tinchlik saqlanayotgan bo‘lsa-da, mojara mintaqaning turizm salohiyatiga tahdid solmoqda.

Teglar

Mavzuga oid