add

«TBC Bank» «Billz» platformasini sotib olmoqda

04.08.2025 | 12:3045293

Raqobat qo‘mitasi Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan «TBC Bank Group PLC» kompaniyasining «Billz» platformasiga egalik qiluvchi «Shoppe Group» MCHJ XK ulushini sotib olish bo‘yicha arizasini ko‘rib chiqdi. Bitimga ko‘ra, «TBC Bank Group PLC» kompaniyasi «Shoppe Group»ning 46,67 foiz ulushiga ega bo‘ladi.

«TBC Bank» «Billz» platformasini sotib olmoqda
«TBC Bank Group PLC» — holding kompaniyasi bo‘lib, unga bilvosita «TBC Bank» ATB hamda onlayn to‘lov tizimini taqdim etuvchi «Payme» AJ tegishli. «Shoppe Group» esa «Billz» brendi ostida savdo va tovarlar hisobini yuritish, boshqarish, elektron tijorat orqali onlayn xizmatlar ko‘rsatuvchi raqamli platforma operatori hisoblanadi. Qo‘mita Maxsus komissiyasi tahlillari natijasida bitimga oldindan rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shu bilan birga, raqobatni ta’minlash maqsadida bir qator talablar qo‘yildi. Jumladan, «Billz» platformasi foydalanuvchilariga, jumladan «TBC Bank» va «Payme» bilan raqobatlashuvchi sub’ektlarga xizmat ko‘rsatish shartlariga asossiz ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi. Shuningdek, «Billz» orqali to‘planadigan ma’lumotlar raqobatni cheklash yoki bozor mavqeini mustahkamlash maqsadida foydalanilishi yoki oshkor etilishi mumkin emas. Shu bilan birga, Raqobat to‘g‘risidagi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 maydagi 256-son qarori talablariga to‘liq rioya etilishi shart. Bitim ishtirokchilari ushbu talablarga amal qilishi majburiy hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid