add

Telefon bolaning hissiyotlarini yemiryapti: olimlar kutilmagan faktlarni ochiqladi

25.07.2025 | 21:0039173

13 yoshgacha bolalarga smartfon berish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Amerikalik olimlar olib borgan keng qamrovli tadqiqotda erta smartfonga ega bo‘lgan bolalarda xavotirli holatlar, past o‘zini baholash va sotsial muammolar ko‘proq kuzatilgan.

Telefon bolaning hissiyotlarini yemiryapti: olimlar kutilmagan faktlarni ochiqladi
Sapien Labs tadqiqot tashkiloti 100 mingdan ziyod o‘smir va yoshlar ma’lumotini tahlil qilib, 13 yoshgacha smartfonga ega bo‘lganlar keyinchalik ruhiy salomatlik bo‘yicha ancha past ko‘rsatkichlarni qayd etganini ma’lum qildi. Bu holat qizlarda ayniqsa sezilarli: ularda o‘zini qadrlash darajasi past, hissiyotni boshqarishda muammolar ko‘proq uchragan. O‘g‘il bolalarda esa xotirjamlik, empatiya va o‘zini hurmat qilish kabi ko‘rsatkichlar pasaygan. Mutaxassislar bunga sabab sifatida smartfon orqali bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga erta kira boshlashini keltirishmoqda. Bu esa kiberbulling, uyqusizlik va zaharli kommunikatsiyalar xavfini kuchaytiradi. Tadqiqotda Mental Health Quotient (MHQ) metodikasi asosida insonning ruhiy, ijtimoiy va aqliy holati baholangan. Unga ko‘ra, smartfonga necha yoshda ega bo‘linsa, psixik salomatlik shuncha yomonlashgan. Sapien Labs rahbari, Stenford universiteti neyrobiologi doktor Tara Tiagaradjan, bolalarni himoya qilish uchun qator choralar zarurligini ta’kidladi. Ular qatorida: 13 yoshgacha smartfondan foydalanishni cheklash, maktablarda raqamli savodxonlikni o‘rgatish va texnologiya ishlab chiqaruvchilariga qo‘shimcha javobgarlik yuklash kabi tavsiyalar bor.

Teglar

Mavzuga oid