add

Telegram'da yuz orqali identifikatsiya funksiyasi joriy etiladi

17.07.2025 | 11:3048832

Telegram messenjerida yuzni aniqlash texnologiyasi orqali foydalanuvchi yoshini tekshirish funksiyasi joriy etilishi mumkin. Bu haqda dastlabki ma’lumotlar messenjerning sinov serverida faoliyat yuritayotgan maxsus botdan olindi.

Telegram'da yuz orqali identifikatsiya funksiyasi joriy etiladi
«Kod Durova» nashri e’lon qilgan xabarga ko‘ra, mazkur mini-ilova o‘zini rasmiy deb tanishtiradi va yuz orqali identifikatsiyadan o‘tishni taklif etadigan interfeysni taqdim etadi. U orqali foydalanuvchi biometrik ma’lumotlarni taqdim etib, shaxsini va yoshini tasdiqlashi mumkin bo‘ladi. Hozircha bot hech qanday hujjat talab qilmayapti, deb ta’kidlaydi manbalar. Shu bilan birga, u Telegram'ning asosiy menyulari orqali mavjud emas va faqat sinov serverida ishlayotgani aniqlangan. Ayni paytda Telegram rasmiylari tomonidan ushbu funksiya bo‘yicha rasmiy izoh berilmagan. Ammo platformaning bu kabi identifikatsiya vositalarini sinovdan o‘tkazayotgani shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va yoshni aniqlash borasidagi talablarga javob berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid