add

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etildi

25.08.2025 | 16:1529602

Prezident farmoniga binoan mamlakatda telekommunikatsiyalar sohasini nazorat qiladigan yangi mustaqil agentlik faoliyat boshlaydi.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etildi
«Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–142-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Farmonga muvofiq, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etilishi belgilandi. Agentlik operator va provayderlar ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatini har oyda kamida bir marta monitoring qilib boradi. Bu jarayon orqali xizmat ko‘rsatishda belgilangan talablar qanchalik bajarilayotgani nazorat qilinadi. Yangi tuzilma moliyaviy va tashkiliy jihatdan mustaqil hisoblanadi. Shu bilan birga, vakolati doirasida qaror qabul qilishda ham mustaqil bo‘ladi. Agentlik faoliyati natijalari Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boriladi. Hujjatga ko‘ra, mazkur idora sohada raqobatni kuchaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va tarmoqning zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid