add

Temiryo‘l hodimlarining ish vaqti tartibiga o‘zgartirish kiritildi

18.07.2025 | 14:4532843

Poyezdlar harakatiga xizmat qiluvchi temir yo‘l xodimlari uchun ish vaqti va dam olish rejimlari belgilandi. Yangi tartib ularning mehnat huquqlarini aniqlash va ish yukini nazorat qilishga qaratilgan.

Temiryo‘l hodimlarining ish vaqti tartibiga o‘zgartirish kiritildi
2025 yil 17 iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan temir yo‘l transporti sohasidagi ayrim xodimlar uchun ish vaqti va dam olish tartibini belgilaydigan maxsus nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizomga ko‘ra, ish haftasi 5 kunlik yoki 6 kunlik bo‘lishidan qat’i nazar, xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi lozim. Bu qoida ish rejimi va mehnat normalarini muvofiqlashtirishga qaratilgan. Agar ish joyi asosiy ish joyidan tashqarida joylashgan bo‘lsa, xodim tomonidan 24 soat mobaynida bosib o‘tilgan masofaning 8 soati ish vaqti hisoblanadi. Bu amaliyot xizmat safaridagi vaqtini hisobga olish imkonini beradi. Temir yo‘l transportidagi mazkur toifadagi xodimlarning ish vaqtiga bir qator masalalar: ishga tayyorgarlik, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, xizmat ko‘rsatilayotgan joyga yetib borish va qaytish, hamda kutilmagan bo‘sh vaqtlar ham kiritiladi. Bu orqali xodimlarning ish yuki to‘g‘ri baholanishi va ularning mehnat huquqlari himoya qilinishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid