add

«Tesla» 2027 yildan robotlar sotuvini boshlaydi

25.01.2026 | 13:451 daqiqa

Ilon Mask «Tesla»ning odamsimon robotlarini tijoratlashtirish rejalarini ochiqlab, kompaniya strategiyasidagi yo‘nalishlarni ma’lum qildi.

«Tesla» 2027 yildan robotlar sotuvini boshlaydi

«Tesla» rahbari Ilon Mask Davosda o‘tgan Butunjahon iqtisodiy forumida kompaniyaning odamsimon «Optimus» robotlari bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tesla» 2027 yil oxiriga borib ushbu robotlarni bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Sotuv va narx prognozlari

Maskning ta’kidlashicha, «Optimus» insonlarga kundalik vazifalarda yordam bera oladigan aqlli yordamchi sifatida ishlab chiqilmoqda. «Umuman olganda, u aytganingizni bajaradi», — dedi milliarder.

Biroq u Davosda robotlar narxi haqida aniq ma’lumot bermadi. Shu bilan birga, 2024 yilda investorlar bilan muloqotda Ilon Mask «Optimus» robotlari narxi 10–20 ming dollar atrofida bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Bu «Tesla»ning robototexnika sohasida ommaviy bozorga chiqishga intilayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tesla» o‘zining avtoboshqaruv dasturi bo‘yicha ham muhim qaror qabul qilgandi. Kompaniya 14-fevraldan boshlab avtopilot funksiyasini faqat oylik obuna asosida taklif qila boshlaydi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sanadan keyin dasturni bir martalik to‘lov orqali sotib olish imkoni qolmaydi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda «Tesla» elektromobillari egalari avtopilotni 8 ming dollarlik bir martalik to‘lov yoki oyiga 99 dollarlik obuna asosida foydalanib kelayotgan edi.

Teglar

Mavzuga oid