add

Texnikumlarda darslar 3 sentyabrdan boshlanadi

29.08.2025 | 10:1531782

Texnikumlarga hujjat topshirish jarayoni davom etmoqda. Bu yil 549 ta texnikumga 143 mingdan ziyod kvota, shu jumladan 66 mingdan ortiq grant ajratilgan.

Texnikumlarda darslar 3 sentyabrdan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirning tegishli buyrug‘i bilan respublika texnikumlarida 2025/2026-o‘quv yilining boshlanish sanasi rasman tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 9-sinf bazasida shakllangan guruhlar hamda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2- va 3-kurs o‘quvchilari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentyabrdan boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda oliy ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi ma’lum qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Texnikumlarda darslar 3 sentyabrdan boshlanadi | Vaqt.uz