add

Texnologik gigantlar sun’iy intellektga 344 mlrd dollar pul ajratadi — Bloomberg

05.08.2025 | 19:0029095

Microsoft, Amazon, Google va Meta, kelgusi yilda sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalariga katta sarmoya kiritishni reja qilmoqda.

Texnologik gigantlar sun’iy intellektga 344 mlrd dollar pul ajratadi — Bloomberg
Birgina Microsoft kompaniyasi o‘tgan chorakda sun’iy intellektni rivojlantirish uchun 24,2 mlrd dollar sarmoya kiritdi va hozirgi davrda bu miqdorni 30 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Amazon esa 31,4 mlrd dollar sarmoya kiritgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p. Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet 85 mlrd dollarlik kapital xarajatlarni prognoz qilmoqda. Meta Platforms esa o‘z xarajatlar prognozini oshirib, 2025 yilda yanada katta investitsiyalarni kutmoqda, deb yozmoqda Bloomberg nashri. Si invest 01 To‘rtala gigant kompaniya jami 344 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirgan bo‘lib, bu mablag‘lar asosan sun’iy intellekt va bulut texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan ma’lumot markazlariga sarflanadi. Bloomberg Intelligence tahlilchisi Mandeep Singh’ning ta’kidlashicha, kompaniyalar sun’iy intellektga sarmoya kiritish orqali bulut infratuzilmasidagi xarajatlarini uch barovarga oshirishdi. Meta o‘zining ikkinchi chorak savdo natijalarini e’lon qilib, sun’iy intellekt sohasiga qilingan sarmoyaning samaralarini ko‘rganini ma’lum qildi. Meta bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg bu haqda: «Reklama sohasidagi kuchli natijalar asosan SI tizimimizni yanada samarali qilishga yordam berdi», — deya ta’kidladi. Shuningdek, Meta jamoasi yangi ulkan ma’lumot markazlarini qurish va eng yaxshi SI tadqiqotchilarini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Alphabet kompaniyasi esa kapital xarajatlar prognozini 10 mlrd dollarga oshirdi va 2026 yilda yana ko‘proq sarmoya kiritishni kutmoqda. Google bosh direktori Sundar Pinchay bu sarmoyalarni mijozlar talabiga mos kelishi uchun zarur deb hisoblaydi. Agar Google raqiblaridan orqada qolmaslikni xohlasa, unda o‘zining infratuzilmasiga va dasturlariga sarmoya kiritishdan boshqa tanlov yo‘q, deb izohladi bu holatni Forrester tahlilchisi Nikhil Lai. Microsoft’ga kelsak, uning natijalari «yaxshi» deb baholanmoqda. Kompaniya sun’iy intellekt infratuzilmasi bo‘yicha yetakchilik qilayotganini ma’lum qilgan. Applening kapital rejalarining yirik texnologiya raqiblari bilan solishtirganda kichikroq bo‘lsa ham, kompaniya o‘z sarmoyalarini oshirdi. Apple'ning mulk va jihozlar bo‘yicha sarmoyasi 9,47 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 45 foizga oshgan. Avvalroq Chat GPT sun’iy intellektli chat-boti egasi OpenAI O‘zbekistonga 2025 yilning birinchi yarmida 2,9 mlrd soliq to‘lagani xabar qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid