add

The Guardian 2008 yilgi eng iqtidorli futbolchilarni e’lon qildi

15.10.2025 | 18:4035593

Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri 2008 yilda tug‘ilgan eng istiqbolli 60 yosh futbolchining nomini ochiqladi. Ular orasida O‘zbekistonlik yosh hujumchi Sadriddin Hasanov ham bor.

The Guardian 2008 yilgi eng iqtidorli futbolchilarni e’lon qildi
The Guardian har yili yosh avlod futboliga bag‘ishlangan an’anaviy loyihasi doirasida 2008 yilda tug‘ilgan eng iqtidorli 60 futbolchidan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. Bu yilgi tanlovda MDH mamlakatlaridan uch nafar yosh iste’dodli futbolchi e’tirof etildi. O‘zbekiston sharafini Toshkentning «Bunyodkor» klubi hujumchisi Sadriddin Hasanov himoya qiladi. U mamlakat futbolidagi eng yosh va istiqbolli hujumchilardan biri sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Qozog‘istonning «Qayrat» jamoasi hujumchisi Dastan Satpayev hamda Gruziyaning «Dinamo» (Tbilisi) klubi himoyachisi Saba Xarebashvili ham ro‘yxatga kiritilgan. Nashr ta’kidlashicha, bu futbolchilar o‘z mamlakatlarida o‘sib kelayotgan yangi avlod sportchilari bo‘lib, ularning kelajakda Yevropaning yetakchi klublarida o‘ynashi kutilmoqda. Ro‘yxatda shuningdek, «Barselona»ning yosh iqtidorlari Toni Fernandes va Niko Gilen, «Borussiya Dortmund» hujumchisi Samuel Inasio, «Bavariya» yarim himoyachisi Karl Lennart hamda «PSJ» forvardi Ibragim Mbaye ham bor. 17 yoshli Ibragim Mbaye joriy mavsumda «Pari Sen-Jermen» safida turli musobaqalarda to‘qqiz marta maydonga tushgan. U Chempionlar ligasining 2-turida «Barselona»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda o‘ynagan. 2008 yilda tug‘ilgan eng iqtidorli futbolchilarning to‘liq ro‘yxati bilan The Guardian saytida tanishish mumkin (https://www.theguardian.com/football/ng-interactive/2025/oct/14/next-generation-2025-60-of-the-best-young-talents-in-world-football).

Teglar

Mavzuga oid