add

Tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning soni 2,7 barobarga oshdi

Bugun 13:251161 daqiqa

Joriy yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlarning asosiy qismini afg‘onistonliklar tashkil qiladi.

Tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning soni 2,7 barobarga oshdi

2025 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonga tijorat maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni sezilarli darajada oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatga jami 362,8 ming nafar xorijiy fuqaro biznes va savdo ishlari bilan kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 229,7 ming nafarga ko‘p bo‘lib, amalda 2,7 barobarlik o‘sishni anglatadi. Statistika O‘zbekistonning mintaqadagi iqtisodiy faollik markazlaridan biriga aylanib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning ko‘pchiligi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Afg‘oniston fuqarolari birinchi o‘rinda bo‘lib, 339 585 nafar tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning asosiy qismini tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 16 734 nafarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston (2 773 nafar), Rossiya (673 nafar), Qozog‘iston (504 nafar) va Turkiya (492 nafar) fuqarolari kelgan. Boshqa davlatlardan tijorat maqsadida tashrif buyurganlar soni umumiy 2 055 nafarni tashkil qilgan.

Viza va chegara tartib-taomillarining soddalashtirilishi ham xorijiy tadbirkorlar faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tijorat maqsadida keluvchilar soni o‘sishi ichki bozor faolligi va mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid