add

Tilshunos olim Baxtiyor Isabek 80 yoshida vafot etdi

Bugun 14:262551

Taniqli tilshunos olim, o‘zbek tili jonkuyari Baxtiyor Isabek 80 yoshida olamdan o‘tdi.

Tilshunos olim Baxtiyor Isabek 80 yoshida vafot etdi

Taniqli tilshunos olim, o‘zbek tili jonkuyari Baxtiyor Isabek 80 yoshida vafot etdi. Marhumning janozasi bugun, 9-noyabr kuni peshin namozidan so‘ng Kulolqo‘rg‘on masjidida o‘qilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Isabek 1945 yilda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent viloyati, Sulton Rabot qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1961–1966 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan.

U 1966 yilda ilmiy faoliyatini O‘zbekiston Fanlar akademiyasida laborant sifatida boshlagan. Keyinchalik, 1968–1993 yillar mobaynida sobiq Toshkent davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlab kelgan.

Olimning ilmiy izlanishlari va jamoatchilik faoliyati, ayniqsa, o‘zbek tilining maqomini yuksaltirish yo‘lidagi harakatlari bilan bog‘liq deyish mumkin.

Vaqt.uz tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Teglar

Mavzuga oid

Tilshunos olim Baxtiyor Isabek 80 yoshida vafot etdi | Vaqt.uz