add

Time jurnalidan sensatsiya: sun’iy intellekt yaratuvchilari «Yil odami» bo‘ldi

11.12.2025 | 20:4011071 daqiqa

Sun’iy intellekt yaratuvchilari Amerikaning Time jurnali tomonidan 2025-yilning «Yil odamlari» deb tan olindi.

Time jurnalidan sensatsiya: sun’iy intellekt yaratuvchilari «Yil odami» bo‘ldi

Time jurnali 2025 yilning «Yil odami» sifatida sun’iy intellekt yaratuvchilarini tanladi. Nashr ta’kidlashicha, joriy yilda sun’iy intellekt salohiyati to‘liq namoyon bo‘lib, insoniyat endi qaytish nuqtasidan o‘tib bo‘lgani yaqqol ko‘rindi.

«2025 yil sun’iy intellektning butun salohiyati to‘liq namoyon bo‘lgan va ortga qaytish imkonsizligi aniq bo‘lgan yil edi. Fikrlovchi mashinalar davri voqelikka aylangani uchun; insoniyatni hayratga solishi va xavotirga solgani uchun; bugungi kunni o‘zgartirishi va insonning imkoniyatlari chegaralarini kengaytirganini hisobga olib, Time jurnali 2025 yilning insonlari sifatida sun’iy intellekt me’morlarini tanladi», - deb yozilgan jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Jurnal muqovasida Meta rahbari Mark Sukerberg, AMD bosh direktori Liza Su, xAI, SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask, Nvidia rahbari Jensen Xuan, OpenAI rahbari Sem Altman, DeepMind bosh direktori Demis Xassabis, Anthropic rahbari Dario Amodey va ImgaeNet asoschisi Fey-Fey Li tasvirlangan.

Ularning barchasi po‘lat to‘sin ustida o‘tiribdi, tasvir esa 1932 yilda olingan «Osmono‘par binodagi tushlik» suratiga ishora qiladi.

Time jurnali 1927 yildan buyon o‘tgan 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs, guruh yoki g‘oyani «yaxshilik yoki yomonlik uchun» deb e’tirof etib keladi.

2024 yilda bu unvonga AQSH prezidenti Donald Tramp sazovor bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid