add

Tinch okeanida elektromobillar tashuvchi kema yonib ketti

05.06.2025 | 19:4046423

Meksikaga 3 mingga yaqin avtotransport vositalarini olib ketayotgan kema Tinch okeani o‘rtasida yong‘in tufayli tashlab ketildi. Kema bortida taxminan 800 ta elektromobil bo‘lgani xabar qilindi.

Tinch okeanida elektromobillar tashuvchi kema yonib ketti
«Morning Midas» deb nomlangan 46,800 tonnalik kema Alyout orollaridan 300 mil janubda yong‘inga uchradi. Kema Xitoyning Yantay portidan 26 may kuni yo‘lga chiqqan bo‘lib, undan avval Nansha va Shanxay portlariga kirgan. Kemaning boshqaruvchisi Zodiac Maritime kompaniyasi ma’lum qilishicha, yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilgan, biroq alanga nazoratdan chiqib ketgan. AQSH Qo‘ltiq gvardiyasi 22 nafar ekipaj a’zosini yaqindagi savdo kemasiga evakuatsiya qilgan. Bunday holatlar global yuk tashish tarmog‘ida elektr transport vositalarining xavfini yanada ochiq qilib qo‘ydi. Allianz sug‘urta shirkati joriy yildagi hisobotida elektromobillarni tashishda yong‘in xavfi ortib borayotganini ta’kidlagan. Tahlillarga ko‘ra, elektromobillar bilan bog‘liq yong‘inlar ko‘pincha kuchliroq va uzoq davom etadi. Litiy-ion batareyalarni sovitish uchun 30 ming litrgacha suv talab etiladi. Kemadagi tor va metall muhitda esa bunday yong‘inni o‘chirish yanada murakkablashadi. Bunday hodisalar avval ham sodir bo‘lgan — 2022 yilda Atlantika okeanida 4 mingta mashina olib ketayotgan kema yong‘indan keyin cho‘kkan. 2023 yilda esa Niderlandiya sohili yaqinida yana shunga o‘xshash holat qayd etilgan. Kemalar egalari so‘nggi yillarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tavsiya va yo‘riqnomalarga amal qilishni boshlagan. Ammo elektromobillar tashuvida xavf omillari hali ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Tinch okeanida elektromobillar tashuvchi kema yonib ketti | Vaqt.uz