
TIV Rossiyaga o‘zbekistonliklarni haqorat qilgan shaxs bo‘yicha nota yo‘lladi
03.09.2025 | 15:3045053
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga o‘zbekistonlik taksi haydovchisini haqoratlagan shaxs bo‘yicha rasmiy nota yubordi.

Vazirlik ma’lumoticha, avgust oyi oxirida tarqalgan video jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Notada videoda aks etgan shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.
«Hurmali vatandoshlar, sizlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qat’i nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi. Agar huquq va erkinliklaringiz, qonuniy manfaatlaringiz yoki sha’ningiz xorijda buzilsa, darhol o‘sha mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, shuningdek, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», dedi vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov.
Ushbu murojaat orqali Toshkent Rossiya tomonidan aniq choralar ko‘rilishini talab qilmoqda. Bu bilan mamlakat o‘z fuqarolarining sha’ni va huquqlari himoya qilinishiga alohida urg‘u berdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Rossiyada rus millatiga mansub bir yo‘lovchining o‘zbekistonlik taksi haydovchisini «ruslarning quli» deb haqorat qilgan edi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyada bir million nafar o‘zbekistonlik mehnat qiladi.





