add

Tojikiston chegarachilari va «Tolibon» harakati kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

27.10.2025 | 19:304361

To‘qnashuvda qurbonlar bor, ammo aniq soni va qaysi tomondan yo‘qotishlar bo‘lgani hozircha ma’lum emas.

Tojikiston chegarachilari va «Tolibon» harakati kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidagi Shamsiddin Shohin tumanida tojik chegarachilari va «Tolibon» harakati kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 25 oktyabr kuni Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumani va Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi Shahri Buzurg tumani oralig‘ida joylashgan Dovang qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroga ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy chegara vazifasini bajarayotgan Panj (Amudaryo) daryosi o‘zanining o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Bu masala ilgari ham tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar keltirib chiqargan.

OAV xabar qilishicha, otishma xorijiy kompaniyalar, jumladan, Xitoy korxonalari faoliyat yuritayotgan oltin qazib olish hududida ro‘y bergan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar bor, ammo ularning soni va qaysi tomondan ekani hozircha ochiqlanmagan.

Tojikiston hokimiyati va «Tolibon» harakati vakillari hali rasmiy bayonot bermadi. «8 subh» nashrining yozishicha, voqeadan so‘ng harakat rahbariyati Badaxshonning yangi hokimi Ismoil G‘aznaviy bilan uchrashuv o‘tkazib, chegaradagi vaziyatni muhokama qilgan.

Hodisa yaqinda Balx viloyati hokimi Yusuf Vafo boshchiligidagi Tolibon delegatsiyasining Dushanbega tashrifi fonida sodir bo‘ldi. Hodisaga qaramay, Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasida insonparvarlik yordami hamda savdo-iqtisodiy aloqalar davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Tojikiston chegarachilari va «Tolibon» harakati kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi | Vaqt.uz