Logo

Tojikiston va Ozarbayjon iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Muhokamada savdo aylanmasini oshirish, qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil etish hamda Ozarbayjon investitsiyalarini Tojikiston iqtisodiyotiga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tojikiston va Ozarbayjon iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Abdurahmonzoda Abdurahmon Safarali Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishlari doirasida Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Xususan, savdo aylanmasini oshirish, qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil etish hamda Ozarbayjon investitsiyalarini Tojikiston iqtisodiyotiga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar sanoat, investitsiya va boshqa iqtisodiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuv yakunida vazirlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid