
Tojikistonning «Oriyonbanki» O‘zbekistondagi faoliyatini tugatdi
24.06.2025 | 20:4042241
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tojikistonning «Oriyonbank» ochiq aksiyadorlik jamiyati vakolatxonasi faoliyatini rasman tugatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 3 iyundagi qaroriga muvofiq, Tojikiston Respublikasining «Oriyonbank» OAJ vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya guvohnomasi bekor qilindi.
Bu qaror «Oriyonbank»ning kuzatuv kengashi tomonidan vakolatxona faoliyatini tugatish haqida qabul qilingan qarorga asosan amalga oshirildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022 yil 4 avgustdan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.





