add

«Tolibon» ayollarga burqasiz ko‘chaga chiqishni taqiqladi

13.08.2025 | 14:1533742

Afg‘onistonning Panjshir viloyatida «Tolibon» ayollar uchun kiyinish qoidalarini yanada keskinlashtirdi. Endi burqa kiyish majburiy bo‘lib, unga rioya etmagan ayollar erkin harakatlana olmaydi.

«Tolibon» ayollarga burqasiz ko‘chaga chiqishni taqiqladi
Mahalliy manbalarga ko‘ra, burqasiz ayollar nazorat punktlarida to‘xtatilib, haqorat va zo‘ravonlikka duch kelmoqda. Ularni olib ketayotgan haydovchilar ham kaltaklanishi holatlari qayd etilgan. Burqa — butun tanani boshdan oyoq yopadigan, ko‘zlarni ham to‘r yoki mato bilan to‘sadigan kiyim bo‘lib, Afg‘onistonda «chadarӣ» deb ataladi. Viloyat bo‘ylab yangi nazorat postlari o‘rnatilib, burqa kiymagan ayollar asosiy nishonga olinmoqda. Rohxa tumanida ham «Tolibon» kiyinish talablariga amal qilmagan ayollarni to‘xtatib, jamoatchilik orasida qo‘rquv uyg‘otmoqda. Shu bilan birga, mobil telefonlardan foydalanish cheklanmoqda — erkaklar va ayollarga smartfon olib yurmaslik haqida qattiq ogohlantirish berilgan. Manbalarga ko‘ra, mazkur choralar 7 avgustdan kuchga kirgan. Panjshirdagi cheklovlar allaqachon Kobulda ham kuzatilmoqda — poytaxtda «noto‘g‘ri hijob» kiygan ayollar hibsga olingani xabar qilingan. Avvalroq, «Tolibon» Kobulda go‘zallik salonlarini ommaviy yopayotgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

«Tolibon» ayollarga burqasiz ko‘chaga chiqishni taqiqladi | Vaqt.uz