add

Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Kecha 23:002231

2024 yil dekabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, sport inshootlari tayyor emasligi sababli, Toshkentdan olib qo‘yilib, Bahraynga berilgandi.

Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Bahraynda o‘tkazilgan Osiyo Olimpiya Kengashi Ijro qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkent 2029 yilgi IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Osiyo Olimpiya kengashi 2024 yil dekabr oyida 2025 yili O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, sport inshootlari tayyor emasligi sabab, Toshkentdan olib qo‘yilib, Bahraynga berilgandi. Mazkur turnir uchun O‘zbekiston 289 mln dollar qiymatidagi Olimpiya shaharchasini qurayotgan edi.

O‘zbekistonliklar Bahraynda o‘tkazilgan musobaqada 37 oltin, 16 kumush va 28 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu O‘zbekistonning yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasi bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid