Toshkent bosh rejasi o‘zgardi
Hukumat qarori bilan poytaxtning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi.

Poytaxt Toshkentda umumiy maydoni 1512 gektar bo‘lgan hududlarda qiymati 14,5 mlrd dollarga teng 30 ta yirik ko‘chmas mulk loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu ro‘yxatdan joy olgan majmualar turar va noturar joy obyektlarini o‘z ichiga oladi. Bu haqda 28-fevral kuni qabul qilingan «Toshkent shahrida kompleks qurilish tamoyili asosida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yashil hududlarni barpo etish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarorida keltirilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, har bir yirik renovatsiya va rekonstruksiya loyihasi doirasida hududning kamida 30 foizi yashil maydon sifatida ajratilishi shart etib belgilandi. Shu bilan birga, shaharda yer maydoni 1 gektargacha bo‘lgan kichik va zich kurilishlardan («tochechnaya zastroyka») butunlay voz kechiladi. Endi qurilish ishlari fakat kompleks tamoyil asosida olib boriladi.
9 ta park quriladi
Qaror bilan «Toshkent Invest» kompaniyasi tomonidan 9 ta hududda jami 139,6 gektarlik yangi jamoat parklari tashkil etilishi tasdiklandi. Ushbu yashil hududlarni barpo etish uchun mablag‘lar qurilishlardan tushadigan infratuzilma to‘lovlari hisobidan yo‘naltiriladi. Bu bog‘lar shahar aholisi uchun ochiq dam olish maskani sifatida xizmat qiladi.
Sanoat salohiyatini oshirish maksadida Yangihayot tumanining Xo‘ja Uchqun va Yangi Gulzor mahallalarida 799 gektar maydonda «Yangi avlod» sanoat zonasi barpo etiladi. Ushbu loyihaning qiymati 1,67 mlrd dollar bo‘lib, ishlab chiqarish kquvvatlarini kengaytirishga xizmat kiladi. Bu yerda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan korxonalar joylashtiriladi.
Qurilish loyihalari uchun infratuzilma to‘lovlariga 1,1 dan 3,0 gacha bo‘lgan oshiruvchi koeffitsiyentlar joriy etildi. Shuningdek, barcha yangi bino va inshootlarni loyihalashtirishda energiya tejamkor texnologiyalar va gazga muqobil yokilg‘i turlaridan foydalanish majburiy etib belgilandi. Bu esa shaharning energiya ta’minotiga tushadigan yuklamani kamaytirishga yordam beradi.
Xar bir investitsiya loyihasi uchun aloxida master-rejalar ishlab chiqilishi lozim. Bu xujjatlar hududning arxitektura va muhandislik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi.





