add

Toshkent bozorlarida tijoriy video/tasvirga olish pulli bo‘ldi

Toshkent bozorlarida reklama maqsadida syomka qilish narxi 5 mln so‘m etib belgilandi.

Toshkent bozorlarida tijoriy video/tasvirga olish pulli bo‘ldi

Toshkent bozorlari va savdo komplekslarida tijoriy maqsadda video yoki tasvirga olishning bir soati uchun 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida to‘lov undiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi imzolagan qarorda keltirilgan.

q

Toshkent shahar hokimi bozorlarda avtoturargohlarida yengil avtomobillar uchun yangi to‘lov tariflarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, haftaning shanba va yakshanba kunlari uchun alohida, yuqoriroq to‘lov miqdorlari joriy etildi. Masalan, dam olish kunlari 3 soatgacha saqlash 25 ming so‘mni, 4 soatdan ortiq vaqt esa 50 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, Toshkentdagi bozorlar va savdo komplekslari hududida tijoriy maqsadda (videorolik, reklama yoki klip) suratga olish uchun yangi to‘lov tartibi joriy etildi. Endilikda bunday turdagi video/tasvirga olishning bir soati uchun 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.

Bu cheklov xorijiy turistlar hamda ommaviy axborot vositalariga tatbiq etilmaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent bozorlarida tijoriy video/tasvirga olish pulli bo‘ldi | Vaqt.uz