Logo

Toshkent metropolitenida poyezdlar intervallari qisqartiriladi

Bugun 20:551 daqiqa

Poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalarida darslarning birinchi smenasi soat 08:00 dan boshlanishi sababli ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda poyezdlar harakati intervallari qisqartiriladi.

Toshkent metropolitenida poyezdlar intervallari qisqartiriladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Toshkent metrosida poyezdlar intervali qisqartiriladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimi ortishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida birinchi smena mashg‘ulotlari soat 08:00 dan boshlanishi ertalabki tig‘izlikni yanada oshirishi kutilmoqda.

Shu sababli ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda metro poyezdlari harakati intervallari qisqartiriladi.

Xususan:

• Chilonzor yo‘nalishida — 1,5–2 daqiqagacha;

• O‘zbekiston yo‘nalishida — 3 daqiqagacha;

• Yunusobod yo‘nalishida — 4 daqiqagacha;

• Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida — 7–8 daqiqagacha kamayadi.

Vagonlar soni oshiriladi

Metropoliten vagon parkini yangilash ishlari ham davom ettirilmoqda. 2026 yil davomida parkni 14 ta zamonaviy harakat tarkibi bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.

Hozirga qadar ularning 11 tasi yetkazib berilgan. Qolgan 3 ta zamonaviy harakat tarkibini ham yaqin kunlarda olib kelish kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid