add

Toshkent metrosiga yana 56 ta zamonaviy vagon xarid qilinadi

Bugun 18:15861

Toshkent metropoliteni 2026 yilda yana qo‘shimcha metro vagonlari xarid qilinib, poyezdlar oraliq intervali qisqartirilishini ma’lum qildi.

Toshkent metrosiga yana 56 ta zamonaviy vagon xarid qilinadi

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi bir qancha kanallarda «Toshkent metrosidagi tig‘izlik muammolari» haqidagi xabarlar yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenida 2021 yilgacha 36 ta poyezd harakatlangan. So‘nggi 3 yil ichida zamonaviy turdagi 41 ta yangi harakat tarkibi xarid qilinib, 2025 yilda poyezdlarning soni 75 tadan oshgan.

«Shuningdek, 2026 yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona zamonaviy metro vagonlarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, 2025 yilning 9 oyi davomida metro orqali 205,7 mln nafar yo‘lovchi tashilgani va har kuni o‘rtacha 753,5 ming yo‘lovchi metrodan foydalanishi ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent metrosiga yana 56 ta zamonaviy vagon xarid qilinadi | Vaqt.uz