add

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli hokimlik aholidan ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi.

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Bugun, 31 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘layotgani munosabati bilan aholiga ogohlantirish bilan chiqdi. Unga ko‘ra, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining ortishi kuzatilishi mumkin.

Hokimlik fuqarolardan avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslikni, ko‘chada yurishni cheklash, shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishni so‘radi.

Ayniqsa, allergiya yoki chang‘ga sezgir shaxslarga uyda qolish tavsiya etildi.

«O‘zingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy asrang. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid