add

Toshkent shahri ekologiyasi bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi — Prezident farmoni

Bugun 09:423601 Daqiqa

Prezident Mirziyoyev imzolagan farmonga asosan, poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash uchun maxsus komissiya tashkil etildi.

Toshkent shahri ekologiyasi bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi — Prezident farmoni

25-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjatda jadal amalga oshirilishi zarur bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab berildi.

Farmonga asosan, poytaxtdagi ekologik muammolarni tizimli hal etish maqsadida maxsus komissiya tuzildi. Ushbu komissiya jamoatchilik va mutaxassislar takliflarini inobatga olgan holda, ekologik talablarni kuchaytirish, havo ifloslanishini kamaytirish, yashil hududlarni kengaytirish va transport hamda sanoat chiqindilarini cheklash bo‘yicha amaliy vazifalarni ishlab chiqadi.

komissiya

Maxsus komissiya zimmasiga belgilangan choralarni nazorat qilish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va jamoatchilik nazoratini ta’minlash vazifalari yuklatilishi kutilmoqda. Bu orqali Toshkent shahrida aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bosqichma-bosqich bartaraf etilishi rejalashtirilgan.

Farmonda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning aksar qismi butun respublikada ham amal qiladi. Ayrim qismlari esa aynan Toshkent shahrining o‘ziga xos muammolari yechimini nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham 24-noyabr kuni o‘tgan yig‘ilishda ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi ob’ektlar faoliyatini cheklash, qurilish me’yorlarini qat’iylashtirish va keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish kabi choralar zarurligini ta’kidlagan edi. Ushbu takliflar yaqin kunlarda Prezidentga taqdim etiladigan farmon loyihasining asosini tashkil qilishi aytilgan.

Teglar

Mavzuga oid