Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bugun 08:001 daqiqa

Parvozlar haftasiga bir marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

2026 yil may oyidan boshlab Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishdagi reyslar so‘nggi o‘n yilliklarda ilk bor rejalashtirilmoqda. Parvozlar haftasiga bir marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bungacha yo‘lovchilar mazkur yo‘nalish bo‘yicha Moskva, Istanbul yoki Tbilisi orqali transfer bilan parvoz qilishga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda asosiy tashuvchi sifatida «Shirak Avia» faoliyat yuritadi. Aviakompaniya Yerevandagi «Zvartnots» xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Uning havo kemalari parki Boeing 737 oilasiga mansub samolyotlardan iborat.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi | Vaqt.uz