add

Toshkent viloyati hokimligi Kasaba uyushmalari kunini nishonlashga sal kam 400 mln so‘m ajratdi

250 nafar bayram ishtirokchilariga bayram dasturxoni hamda 25 nafar kasaba uyushma faollarini rag‘batlantirish uchun esdalik sovg‘alariga 325 mln sm ajratilgan.

Toshkent viloyati hokimligi Kasaba uyushmalari kunini nishonlashga sal kam 400 mln so‘m ajratdi

Toshkent viloyati hokimligi «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 397 mln 369 ming so‘m ajratdi. Tegishli farmoyish viloyat hokimi Zoir Mirzayev tomonidan imzolangan.

Farmoyishga ko‘ra, «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan viloyat tadbirida 250 nafar bayram ishtirokchilariga bayram dasturxoni hamda 25 nafar kasaba uyushma faollarini rag‘batlantirish uchun esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash xarajatlari uchun 325 mln so‘m ajratilgan.

Shuningdek, Bosh vazirning 2025 yil 17-oktabrdagi VM-20/25-92-sonli topshiriqlar bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan siyosiy tadbirida xizmat ko‘rsatish uchun viloyat hokimligi balansidagi 10 184 DAV YUTONG T17-avtotransport vositasiga 27 ish kuni davomida sarflanadigan yoqilg‘i mahsulotlari hamda haydovchining mehmonxona xarajatlari uchun 24 mln 381 ming so‘m ajratilgan.

Viloyat hokimligi xodimlarining extiyojini inobatga olib, hokimlik logotipi tushurilgan bloknot, papka hamda charm muqovali kundaliklar xarid qilish uchun 47 mln 988 so‘m ajratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent viloyati hokimligi Kasaba uyushmalari kunini nishonlashga sal kam 400 mln so‘m ajratdi | Vaqt.uz