add

Toshkent viloyatida issiq suv tariflari oshadi, shunday bo‘lsa ham poytaxtdan arzon

19.08.2025 | 21:2032046

«Nega ishonchli boshqaruvga berilgan «Veolia Energy Tashkent» MCHJ samaradorligi davlat kompaniyalarnikidan ham yomonroq?»? - demoqda iqtisodchi.

Toshkent viloyatida issiq suv tariflari oshadi, shunday bo‘lsa ham poytaxtdan arzon
Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashi 2025 yil 18 avgustdagi yig‘ilishida issiq suv va isitish xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqladi. Qarorga ko‘ra, aholi, byudjet tashkilotlari va yirik iste’molchilar uchun xizmat narxlari 10 sentyabrdan amalga kiritiladi. Aholi uchun xizmat narxlari o‘rtacha 10 foizga oshiriladi. Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, yangi narxlar joriy etilgandan keyin ham Toshkent viloyatidagi tariflar poytaxtdagidan ancha arzon bo‘lib qolmoqda. Masalan, «Issiqlik ta’minoti» MCHJda 1 kub metr issiq suv 5 654,88 so‘m etib belgilangan. Solishtirish uchun, hozir «Veolia Energy Tashkent» MCHJ tariflariga ko‘ra, poytaxtda 1 kub metr issiq suv 7 764,06 so‘mni tashkil etadi. Bu esa viloyatda narxlar 37 foizga arzon ekanini ko‘rsatadi. Yana bir jihat, Veolia Energy Tashkent MCHJ 1 oktyabrdan tariflarini oshirgach, viloyat va poytaxtdagi issiq suv narxlari o‘rtasidagi farq 57,9%ga yetadi. Bu holat viloyatdagi issiq suv xizmatlari poytaxtdagidan ancha arzon bo‘lib qolishini anglatadi. Mutaxassisga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi Angren, Chirchiq hamda Olmaliq shaharlarida issiq suv ta’minoti korxonalari hozircha ishonchli boshqaruvga berilmagan. Shu bois ularda xizmat narxlari nisbatan barqaror saqlanmoqda. «Balki Veolia rahbariyati viloyatga chiqib, tannarxni shishirmaslik yo‘llarini o‘rganib kelar? Nima uchun ishonchli boshqaruvga berilgan kompaniyalarning samaradorligi davlat kompaniyalarnikidan ham battar yomonlashuvi haqida bir o‘ylab ko‘rish vaqti yetmadimi? (Metallurgiya kombinatlaridan tortib issiqlik stansiyalarigacha ishonchli boshqaruvning shuncha yomon tajribasi bizga yetmayapti)», - deya yozmoqda Otabek bakirov o‘z sahifasida. Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashi aholi uchun tasdiqlagan yangi tariflar:   - Viloyat “Issiqlik ta’minoti” MCHJAholi uchun: Issiqlik energiyasi 1 Gkal — 102 810,4 so‘m Issiq suv (hisoblagich bilan, 1 m³) — 5 654,88 so‘m Issiq suv (hisoblagichsiz, 1 kishi/oy) — 22 084,16 so‘m 1 kv.m isitiladigan maydon/kun — 205,62 so‘m Byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun: 1 Gkal — 700 000 so‘m.   - “Angren shahar issiqlik ta’minoti” MCHJ Aholi uchun: Issiqlik energiyasi 1 Gkal — 102 859,68 so‘m Issiq suv (hisoblagich bilan, 1 m³) — 6 685,88 so‘m Issiq suv (hisoblagichsiz, 1 kishi/oy) — 21 950,26 so‘m 1 kv.m isitiladigan maydon/kun — 187,62 so‘m Byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun: 1 Gkal — 582 400 so‘m.   - Chirchiq shahar “Issiqlik ta’minoti” MCHJ Aholi uchun: Issiqlik energiyasi 1 Gkal — 111 431,32 so‘m Issiq suv (hisoblagich bilan, 1 m³) — 6 128,72 so‘m Issiq suv (hisoblagichsiz, 1 kishi/oy) — 22 720,85 so‘m 1 kv.m isitiladigan maydon/kun — 188,32 so‘m Byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun: 1 Gkal — 700 000 so‘m.   - “Olmaliq shahar issiqlik ta’minoti” MCHJ Aholi uchun: Issiqlik energiyasi 1 Gkal — 110 880 so‘m Issiq suv (hisoblagich bilan, 1 m³) — 6 098,40 so‘m Issiq suv (hisoblagichsiz, 1 kishi/oy) — 23 063,04 so‘m 1 kv.m isitiladigan maydon/kun — 155,23 so‘m Byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun: 1 Gkal — 302 400 so‘m.

Teglar

Mavzuga oid