add

Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari pora bilan ushlandi

08.10.2025 | 15:5040013

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi. Ular jinoyat ishini «hal qilib berish»ni va’da qilgan.

Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari pora bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i va Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming dollar olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi. Tekshiruvlar davomida ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MCHJ rahbarlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ular foydasiga hal qilishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan kameral tekshiruv natijalarini bekor qilishni va’da qilgani aniqlandi. Bundan tashqari, ular mazkur jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvida aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MCHJlar norasmiy rahbaridan avvalroq 108 ming dollar pora olgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular qamoqqa olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid