add

Toshkent viloyatida prokurorlarga 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Bugun 15:432141 daqiqa

Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan prokuratura uchun katta maydonda avtoturargoh barpo etishga yirik mablag‘ ajratilmoqda.

Toshkent viloyatida prokurorlarga 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Toshkent viloyati prokuraturasi ehtiyoji uchun 4,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, qariyb 1 gektar yer maydonida avtoturargoh qurilishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimining 2025 yil 6-dekabrdagi farmoyishi «e-qaror» portaliga joylashtirilgan.

Avtoturargoh qurish uchun viloyat hokimligi ajratadigan mablag‘ «Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» DUK hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Mazkur farmoyishda ko‘rsatilishicha, avtoturargohning umumiy maydoni taxminan 1 gektarni tashkil etadi. Ayrim tarmoq foydalanuvchilari esa Bosh prokuratura binosida ham bu qadar katta avtoturargoh mavjud emasligini ta’kidlashmoqda.

Teglar

Mavzuga oid