Logo

Toshkent viloyatidagi bog‘chalar ham vaqtincha yopildi

Bugun 15:451 daqiqa

Ob-havo me’yoriy holatga kelgach, ularning faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent viloyatidagi bog‘chalar ham vaqtincha yopildi © Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyatida barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 16-iyuldan boshlab vaqtincha yopildi. Bu bo‘yicha viloyat hokimi Zoir Mirzayev topshiriq berdi.

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi barcha davlat, xususiy va idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi bo‘yicha tuman va shahar hokimliklariga topshiriq berilgan.

Bog‘chalar faoliyati ob-havo me’yoriy holatga kelgach, viloyat hokimligining qo‘shimcha qaroriga asosan qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Oldinroq Qoraqalpog‘istondagi va Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari vaqtincha yopilgandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Vaqt.uz’ga bergan ma’lumotida anomal issiq sabab respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari vaqtincha yopilishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning oxirlarida Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning zaharlanish holatlari kuzatilgan edi. Ushbu jinoyat yuzasidan 11 kishiga hukm chiqarildi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkent viloyatidagi bog‘chalar ham vaqtincha yopildi | Vaqt.uz