add

Toshkentda 400 mingdan ortiq daraxt elektron reyestrga kiritildi

29.09.2025 | 17:037853

«Daraxtlar reyestri» doirasida Toshkentdagi 400 mingdan ziyod daraxt elektron bazaga kiritildi. Loyiha shaharning yashil maydonlarini muhofaza va nazorat qilishga qaratilgan.

Toshkentda 400 mingdan ortiq daraxt elektron reyestrga kiritildi
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qilishicha, «Daraxtlar reyestri» loyihasi doirasida poytaxtdagi 400 mingdan ortiq daraxt green.tashkent.uz platformasi orqali elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Har bir daraxtning nav, holat, yosh va boshqa xususiyatlari dendrolog mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. Bu jarayon shahardagi yashil hududlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni yig‘ish va ularni muhofaza qilish imkonini yaratadi. Loyiha «Zamin» xalqaro jamoat fondi tomonidan vazirlik hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad — poytaxt daraxtlarini xatlovdan o‘tkazish va ularning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirishdir. Yashil maydonlarning raqamli xaritasi shahar aholisi turmush tarzini yaxshilash, tabiiy muhitni asrab qolish, shundan tashqari ko‘chat ekishni rejalashtirish va parvarishlash jarayonlarini samarali nazorat qilishda xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, elektron baza orqali jamoatchilik ham yashil hududlarning holati ustidan nazorat olib borishi mumkin bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid